Banan va pechenyelar qo‘shib tayyorlanadigan mazali, kremli shirinlik — trayfl nonushta uchun yaxshi tanlov bo‘la oladi. Unga o‘zingizga yoqqan boshqa mevalarni qo‘shishingiz ham mumkin. Trayflga qo‘shiladigan mahsulotlarning ko‘p qismini uyda tayyorlamasdan do‘konlardan sotib olsa bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • makkajo‘xori kraxmali — 3 qoshiq
  • shakar — 120 g
  • tuz — 1 chimdim
  • tuxum — 2 dona
  • sut — 500 ml
  • vanilin — 1 qoshiq
  • 33 foiz yog‘li qaymoq — 500 g
  • quyultirilgan sut — 3-4 qoshiq
  • oddiy pechenyelar — 350 gr
  • banan — 4 dona

Tayyorlanishi:

  1. Makkajo‘xori kraxmali, shakar, tuz va tuxumni yaxshilab aralashtiring. Sutni qaynating.
  2. Tuxumning ustiga issiq sutni quying va aralashmani qaynating. Qaynatayotganda aralashtirib turing va 3-4 daqiqa davomida pishiring.
  3. Kremga vanilin qo‘shib aralashtiring va ustini plyonka bilan yoping. Uni sovutib oling va 3-4 soat davomida muzlatgichga qo‘ying.
  4. Muzlatgichda turgan qaymoqni mikser bilan ko‘pirtiring va quyultirilgan sutni qo‘shib aralashtiring.
  5. Quyultirilgan sutli kremni asta-sekinlik bilan qaymoqqa soling. Pechenyelarni maydalang. Bananlarni to‘g‘rab oling.
  6. Stakanlarga bir qatlamda pechenye soling, ustiga qalin krem ​​qatlamini quying, ichiga banan bo‘laklarini botiring. Trayflning ustiga maydalangan pechenyelarni sepib, 2-3 soat davomida muzlatgichga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz