Kartoshka va piyozdan tayyorlanadigan kotletlar juda yumshoq va shu bilan birga mazali ta’mga ega bo‘ladi. Ularga pomidor qaylasi yoki smetana qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • kartoshka — 1 kg
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • piyoz — 4 dona
  • o‘simlik yog‘i — 6 qoshiq
  • tuxum — 1 dona
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • un — 6-7 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Kartoshkani taxminan 10-15 daqiqa davomida ozgina tuz qo‘shilgan suvda pishganicha qaynatib oling. Sovigandan so‘ng kartoshkalarni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. Piyozni maydalang. Unga yog‘ning yarmini qo‘shib yumshoq bo‘lguncha va yengil qizarguncha qovuring. Piyozni sovitishga qo‘ying.
  3. Kartoshkani piyoz va tuxum bilan aralashtiring, unga ozgina tuz va murch qo‘shing. Ustiga un soling va yana aralashtiring.
  4. Mahsulotlar aralashmasini kichik kotletlar shakliga keltiring. Ta’bga qarab, un, non bo‘laklari yoki makkajo‘xori yormasini soling.
  5. Kotletlarni yog‘ solingan tovada ikkala tomoni qizarguncha qovuring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz