Asal qo‘shib tayyorlanadigan ushbu shirinlikka shokolad, qaymoq yoki krem ham qo‘shishingiz mumkin. Yaponcha retseptda esa unga shirin loviya pastasi qo‘shiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 4 dona
  • shakar — 130 g
  • asal — 2 qoshiq
  • un — 160 g
  • pishiriq kukuni — 1 qoshiq
  • suv — 1-2 qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 1 qoshiq
  • shokolad — 350 g

Tayyorlanishi:

  1. Tuxum, shakar va asalni mikser yordamida aralashtiring yoki yumshoq, yengil massaga kelgunga qadar ko‘pirtiring.
  2. Unga pishiriq kukunini qo‘shib elakdan o‘tkazing va tuxumga ikki-uch qoshiq massa qo‘shib, bir xil me’yorga kelguncha aralashtiring.
  3. Xamirni muzlatgichga 10-15 daqiqaga qo‘ying.
  4. Tovani oldindan qizdiring, uni juda oz yog‘ bilan yog‘lang. Tovaga uch osh qoshiq xamirni soling.
  5. Pankeyklarni past olovda 60-90 soniya davomida qovurib oling. Uni boshqa tomonini aylantirib 30-40 soniya pishiring.
  6. Qolgan pankeykni xuddi shu tarzda qovuring, har safar tovani ozgina yog‘lab oling. Tayyor pankeyklarni nam sochiq bilan yoping, shunda ular quruq bo‘lmaydi.
  7. Tayyor pankeyklarning yarmining o‘rtasiga taxminan bir qoshiq shokolad soling. Uni ikkinchi yarmi bilan yoping. Pankeyklarni yopishtiring.
  8. Pankeyklarni yaxshiroq saqlash uchun ularni yupqa selofan bilan mahkam o‘rang va 20-30 daqiqa davomida muzlatgichga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz