Go‘sht va pishloqdan tayyorlanadigan bulochkaning xamiriga xamirturush qo‘shilganligi sababli yumshoq bo‘ladi. Bulochkalarning o‘zini yoki suyuq taomlar bilan birga iste’mol qilishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • sut — 150 ml va yana 1 qoshiq
  • suv — 150 ml
  • xamirni tez achituvchi xamirturush — 7 gr
  • shakar — 1 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • sariyog‘ — 30 g
  • un — 450 g
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • piyoz — 1-2 dona
  • qiyma — 450 g
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • tuxum — 1 dona
  • pishloq — 150 g
  • ukrop — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Katta idishda 150 ml iliq sut, iliq suv, xamirturush va shakarni aralashtiring. Idish sirtida kichik ko‘pikchalar paydo bo‘lishi kerak.
  2. Sutga bir choy qoshiq tuz va eritilgan sariyog‘ni qo‘shing.
  3. Elakdan o‘tkazilgan unni idishga soling va yaxshilab aralashtiring. Xamir yopishqoq bo‘lib qolmasligi kerak.
  4. Idish va xamirni o‘simlik yog‘ining yarmi bilan yog‘lang. Uni idishga soling, yopishqoq plyonka bilan yoping va 1 soat davomida issiq joyga qo‘ying.
  5. Piyozni mayda qilib to‘g‘rang. Uni qiyma, tuz va murch bilan aralashtiring.
  6. Stolga un seping va ustiga xamirni qo‘ying. Uni o‘rama shakliga keltiring va 12 ta teng bo‘laklarga bo‘ling.
  7. Xamirni to‘pchalarga aylantiring. Ikkita listga pergament qog‘ozini o‘rab, xamir bo‘laklarini oraliq masofada terib chiqing.
  8. Xamirning o‘rta qismini yengil bosing. Uni sochiq bilan yoping va 30 daqiqaga qoldiring.
  9. Stakanning pastki qismini xamirga botiring. Har bir to‘pcha shaklidagi xamirda chuqurchalar hosil qiling.
  10. Bir choy qoshiq sut bilan tuxumni ko‘pirtiring. Xamirlarning chetlarini yog‘lang. Qiymani xamirning ichkarisiga soling va yana biroz yog‘lang.
  11. Xamirni 30 daqiqa davomida 180 daraja haroratda oldindan qizdirilgan pechga qo‘ying. Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq va to‘g‘ralgan ukrop aralashmasini to‘pchalar ustiga seping. Bulochkalarni yana 5-10 daqiqa pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz