Bulgur, mol go‘shti va sabzavotlardan tayyorlanadigan sho‘rva mazali ta’mga ega. Taomga o‘zingizga yoqqan sabzavotlarni va ko‘katlarni qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • lahm mol go‘shti — 450 g
  • piyoz —  1 dona 
  • sabzi — 1-2 dona
  • seldrey — ta’bga ko‘ra
  • sariyog‘ — 1 qoshiq
  • un —  2 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • paprika — ta’bga ko‘ra
  • quritilgan sarimsoq — bir qoshiqning to‘rtdan bir qismi 
  • mol go‘shti solib pishirilgan sho‘rva yoki suv —  1 l
  • rozmarin — ta’bga ko‘ra
  • bulgur — bir stakanning to‘rtdan uch qismi

Tayyorlanishi:

  1. Mol go‘shtini o‘rtacha bo‘laklarga, piyoz, sabzi va seldreyni esa mayda qilib to‘g‘rab oling.
  2. Sariyog‘ni o‘rtacha olovda, qalin tag qismga ega bo‘lgan idishda eriting. Go‘shtni solib, har tomonlama qovurib oling.
  3. Idishga piyozni soling va yumshoq bo‘lgunga qadar qovuring.
  4. Un bilan ziravorlarni aralashtiring. Mahsulotlarni idishga soling.
  5. Sho‘rvaning ichiga rozmarin soling. Qaynagandan keyin olovni pasaytiring va go‘sht yumshoq bo‘lgunga qadar 25-30 daqiqa davomida qopqoq ostida pishiring.
  6. Sho‘rvaga sabzi, bulgur va seldreyni soling. Taomni sabzavotlar yumshoq pishgunga qadar, ya’ni 15-20 daqiqa davomida pishiring.
  7. Rozmarinni sho‘rvadan olib tashlang, agar kerak bo‘lsa biroz tuz qo‘shing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz