Nonushta uchun ajoyib tanlov, ayniqsa bolajonlar sevib iste’mol qilishi shubhasiz. “Noviy ochag” nashri taqdim etgan retsept bo‘yicha pitssa ta’mli oladyelardan bahramand bo‘ling.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- kefir — 400 ml;
 - un — 200 ml;
 - tuxum — 2 dona;
 - pishloq — 70 gramm;
 - ko‘k piyoz — 1-2 dona;
 - bulg‘or qalampiri — 1 dona;
 - go‘sht — 100 gramm;
 - qabartma — 1 osh qoshiq;
 - tuz.
 
Tayyorlanish jarayoni:
- Ikkita tuxum, tuz va kefir silliq bo‘lguncha ko‘pirtiriladi.
 - Bir piyola un, choy qoshiq uchida tuz mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz bilan aralashtiriladi.
 - Bulg‘ori qalampiri, pishloq va go‘sht mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralib, un bilan aralashtiriladi.
 - Ustidan qabartma solinadi.
 - Kefirli hamda unli massa bir-biri bilan yaxshilab aralashtiriladi.
 - Tayyor bo‘lgan massa oldindan tovada qizigan o‘simlik yog‘ida ikki tomoni qizargunga qadar qovuriladi.
 - Dasturxonga yeguliklar sous bilan tortiladi.
 
Yoqimli ishtaha!
