Ushbu xachapuri tez-tez tayyorlashga arziydigan, pechda pishirilmaydigan mazali taom hisoblanadi. Taom tez tayyorlanadi va mazali ta’mni hosil qiladi. Ushbu retseptning eng qiyin qismi — xachapuri pishirishni o‘rganish jarayonidir. Shuning uchun, ushbu taomni birinchi marta tayyorlashda kichik idishda qovurgan ma’qul.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • pishloq — 100 g
  • brinza — 70 g
  • tvorog — 250 g
  • tuxum — 3 dona
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra
  • guruch donlaridan tayyorlangan un — 3-4 qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — ta’bga ko‘ra
  • tuz — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Pishloqni mayda qilib to‘g‘rang. Keyin esa pishloqqa vorog, tuxum, mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar va un qo‘shing. Agar kerak bo‘lsa, ozgina tuz soling.
  2. Tovani ozgina o‘simlik yog‘i bilan yog‘lang. Xamirni quying va uni tekislang.
  3. Taxminan 15 daqiqa davomida o‘rta olovda idish qopqog‘ini yopib pishiring. Xachapurini idish bo‘ylab aylantiring va boshqa tomonlarini ham qovuring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz