Go‘sht va garnir bilan birgalikda pishiriladigan ushbu xushta’m taom inson organizmi uchun foydali. Taomga o‘zingizga yoqqan boshqa sabzavotlarni yoki ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • mol go‘shti — 500-600 g
  • piyoz — 2 dona
  • sarimsoq — 2-3 donacha
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • tomat pastasi — 1 qoshiq
  • un — 1 qoshiq
  • suv — 800 ml
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • quritilgan bibariya — 1 chimdim
  • lavr yaprog‘i — 1 dona
  • kartoshka — 1 200 g
  • sabzi — 1 dona
    • bulg‘or qalampiri — 1-2 dona

Tayyorlanishi:

  1. Go‘shtni o‘rtacha kattalikdagi bo‘laklarga, piyozni yarmiga yoki chorak qismga bo‘lib halqa shaklida kesib oling. Sarimsoqni maydalang.
  2. O‘simlik yog‘ini qalin chetli idishda yoki qozonda o‘rtacha haroratda qizdirib oling.
  3. Go‘shtning har tomonini yengil qizarguncha qovuring va boshqa idishga soling.
  4. Xuddi shu yog‘da piyozni yumshoq bo‘lgunicha qovuring. Unga sarimsoq qo‘shing va yarim daqiqadan so‘ng tomat pastasini soling. Masalliqlarni aralashtiring va yana bir yoki ikki daqiqa qovuring.
  5. Go‘shtni qozonga qaytarib soling va masalliqlar bilan aralashtiring. Ustiga un solib, yana aralashtiring va 2-3 daqiqa pishirib oling.
  6. Qozonga 500-600 ml issiq suv quying. Qaynatgandan so‘ng, tuz, murch, lavr yaprog‘i bilan bibariya qo‘shing, olovni biroz pasaytiring va bir yarim soat davomida qopqoq yopib qaynating.
  7. Kartoshka, sabzi va bulg‘or qalampirni o‘rtacha kattalikdagi bo‘laklarga kesib oling. Sabzavotlarni go‘shtga qo‘shing, yana bir oz suv quying va hamma mahsulotlarni 30 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz