Ushbu taomga dudlangan go‘sht, limon sharbati va limonning po‘stlog‘i qo‘shilsa o‘zgacha ta’m hosil bo‘ladi. Taomga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • dudlangan go‘sht — 3-4 bo‘lak
  • piyoz — 1 dona
  • pomidor sharbati — 600 g
  • tovuq filesi — 400 g
  • sabzi — 2 dona
  • limon — 1 dona
  • quritilgan bibariya — 1-2 chimdim
  • tovuq sho‘rvasi — 500 ml
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Dudlangan go‘sht, piyoz va pomidorni mayda bo‘laklarga va tovuq filesini o‘rta bo‘laklarga bo‘lib oling. Sabzini qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. Limonni po‘stlog‘idan ajrating va qolgan qismidagi sharbatni siqib oling.
  3. O‘rtacha olovda o‘simlik yog‘ini qizdiring. Piyoz, sabzi va dudlangan go‘shtni qovuring. Sabzavotlarni yumshaguncha pishiring.
  4. Unga pomidor sharbati, bibariya, limon sharbati, tovuq go‘shti va limon po‘stlog‘i qo‘shing.
  5. Hamma mahsulotlarning ustiga tovuq sho‘rvasini quying. Tuz va murch qo‘shib aralashtiring. Taomni taxminan 15-20 daqiqa davomida o‘rtacha olovda idish qopqog‘ini yopib pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz