Ushbu xamirturushsiz pishiriqlar tatar va boshqird taomi hisoblanadi. Ular pirojkaga qaraganda ancha oson tayyorlanadi va mazali ta’mga ega.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • suv — 150 ml
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • un — 300 g
  • kartoshka — 1 500 g
  • piyoz — 1 dona
  • sariyog‘ — 100 g va yana 2 qoshiq
  • sut — 150 ml

Tayyorlanishi:

  1. Iliq suvni bir chimdim tuz bilan aralashtiring. Unni solib qattiq, silliq xamir holatiga keltiring. Dumaloq holatga keltiring, sochiq bilan yoping va 20-30 daqiqaga qoldiring.
  2. Kartoshkani tozalab maydalang va pishguniga qadar tuzli suvda qaynatib oling.
  3. Piyozni mayda bo‘laklarga kesib oling va 2 osh qoshiq sariyog‘da jigarrang tusga kirguncha qovuring.
  4. Tayyor kartoshkani ezib oling va pyure holatiga keltiring. Ustiga qovurilgan piyoz va iliq sut, tuz qo‘shing.
  5. Xamirni 8-10 ta teng bo‘laklarga bo‘ling, har birini tovangizning o‘lchamiga qarab yupqa qilib yoying.
  6. Kistibilarni quruq, oldindan qizdirilgan idishda pufakchalar paydo bo‘lguncha har tomondan bir daqiqa davomida pishiring.
  7. Har bir xamirning yarmiga pyureni yoyib, to‘ldiring va xamirni yarmidan buklang. Eritilgan sariyog‘ bilan kistibilarni moylang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz