Bu pitssalar bir soatdan kamroq vaqt ichida tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, taom ishtahani ochuvchi hidga va mazali ta’mga ega. Unga o‘zingizga yoqqan boshqa sabzavotlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • un — 120 g
  • tuz — bir chimdim
  • pishiriq kukuni — yarim qoshiq
  • yogurt — 120 g
  • o‘simlik yog‘i — 1 qoshiq
  • tomat qaylasi — 3 qoshiq
  • pishloq — 30 g
  • cherri pomidori — ta’bga ko‘ra 

Tayyorlanishi:

  1. Pechni 200 daraja haroratda oldindan qizdiring. Listga pergament qog‘ozi soling.
  2. Unni elakdan o‘tkazing va tuz, pishiriq kukuni bilan aralashtiring. Unga yogurt va o‘simlik yog‘ini qo‘shing. Xamirni yumshoq qilib qoring.
  3. Xamirni diametri 10-12 sm bo‘lgan ikkita kichik keklarga yoyib, pishirish varag‘iga qo‘ying va ustiga tomat qaylasini surting.
  4. Pishloqni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing, xamir ustiga seping. So‘ngra ta’bingizga ko‘ra cherri pomidorlarni xamirning ustidan terib chiqing.
  5. Pitssalarni qizargunga qadar 15-20 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz