Mazali mevalarning sehrli aralashmasi sizni eng sovuq havoda ham isitadi. Ushbu smuziga o‘zingizga yoqqan boshqa mevalarni qo‘shishingiz yoki uni bezashda foydalanishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • ismaloq — 1 stakan
  • qaynatilgan choy (yashil yoki qora) — 1 stakan
  • kokos yong‘og‘i suti — 1 stakan
  • nok — 1 dona
  • olma — 1 dona
  • xurmo — 2 dona
  • maydalangan dolchin — 1 qoshiq
  • yangi zanjabil — 1 ta kichkina bo‘lakcha
  • maydalangan kardamon — 1 qoshiqning to‘rtdan bir qismi

Tayyorlanishi:

  1. Ismaloqni choy va kokos suti bilan blenderda aralashtiring.
  2. Nok va olmani tozalang, bo‘laklarga bo‘ling. Qolgan mahsulotlarni ham ismaloqqa soling va yana ko‘pirtiring.
  3. Smuzini idishlarda yoki mikroto‘lqinli pechda isitib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz