Suvi qochgan non odatda foydali bo‘lishiga qaramay, hamma yumshoq va issiq non iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. “Noviy ochag” nashri qotgan nonni ham yana avvalgidek yumshoq bo‘lishi uchun ajoyib layfxak bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Bu layfxak usti qizarib pishgan qattiq nonlar uchun ayni muddao.

Foto: “Noviy ochag”

Buning uchun kerak bo‘ladi:

  • folga;
  • pech.

Suv oqimi ostida non ozgina namlanadi.  Agar non kesilgan bo‘lsa, suv uning ichiga kirmasligi kerak, faqat qizarib pishgan qobiq namlanadi. Shuningdek, ushbu jarayon tez amalga oshirilishi kerak.

Foto: “Noviy ochag”

Non folga qog‘oziga o‘raladi.

Foto: “Noviy ochag”

So‘ngra non 150 darajada qizdirilgan pechga 10 daqiqaga qo‘yladi. Keyin pechni ochib, non ustidan folga qog‘ozi olinadi. Nonning o‘zi yana 5 daqiqaga qoldiriladi.

Foto: “Noviy ochag”

Bu vaqt ichida nonushtaga yegulik pishirish, qahva yoki choy tayyorlash mumkin. Yumshoqqina iliq nonni taxminan 30 daqiqa ichida iste’mol qilgan yaxshiroq.

От qwert.uz