“Noviy ochag” nashri navbatdagi xushta’m va ishtaha ochar taom retsepti bilan bo‘lishdi. Sarma taomi kechki ovqat hamda bayram dasturxoni uchun ayni muddao.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • suyakli qo‘y go‘shti — 1 kilogramm;
  • piyoz — 3 dona;
  • karam — 1 dona.
Foto: “Noviy ochag”

Nachinka uchun:

  • qo‘y go‘shti qiymasi — 500 gramm;
  • guruch — 250 gramm;
  • bulg‘or qalampiri — 250 gramm;
  • piyoz — 2-3 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 200 ml;
  • tomat pastasi — 100 ml.
  • timyan, yalpiz, tuz va ziravorlar.
Foto: “Noviy ochag”

Dimlash uchun:

  • selder — 2-3 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • sarimsoq — 3-4 dona;
  • petrushka — 4-5 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Nachinka uchun piyozning yarmi, sarimsoq mayda to‘g‘raladi, timyan va yalpiz qo‘shiladi, ziravorlar bilan birgalikda qo‘y go‘shti qiymasiga aralashtiriladi.
  • Karamning barglari ehtiyotkorlik bilan ajratib olinadi.
  • Idishda suv qaynatiladi. Qaynab chiqqach karam barglari yumshaguncha pishiriladi.
  • Piyoz parrak shaklda to‘g‘raladi, suyakli go‘sht (katta bo‘laklarga bo‘linadi), qizarguncha piyoz bilan qovuriladi.
Foto: “Noviy ochag”
  • Keyin 3 litr suv quyib, qaynatib olinadi va taxminan 30 daqiqa davomida qaynash uchun qoldiriladi.
  • Sarma tayyorlash uchun 2 osh qoshiq nachinka karam bargi ustiga qo‘yiladi va rulet shaklida o‘raladi.
Foto: “Noviy ochag”
  • Alohida idishning pastki qismiga selder, petrushka, maydalangan sarimsoq, sarma, qaynatilgan go‘sht teriladi. Barcha masalliqlar tugaguncha qatlam takrorlanadi.
  • So‘ngra barcha mahsulot ustidan bulyon quyiladi. Taom qaynab chiqqach, taxminan bir soat davomida past olovda pishiriladi.
  • Sarma tayyor bo‘lgach ta’bga ko‘ra ko‘katlar bilan bezatib, dasturxonga tortish mumkin.
Foto: “Noviy ochag”

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz