Sabzavotlar va quritilgan yalpiz qo‘shilgan yoqimli ta’mga ega sho‘rva tez va oson tayyorlanadi. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • piyoz — 1 dona
  • pomidor — 1-2 dona 
  • sarimsoq — 1 donacha
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • mol go‘shti qiymasi
  • tomat pastasi — 3-4 qoshiq
  • suv — 1200-1400 ml
  • vermishel — 50-60 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • quritilgan yalpiz — 1 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Bulg‘or qalampiri va piyozni mayda qilib to‘g‘rang, pomidorni esa o‘rtacha kattalikda kesib oling. Sarimsoqni ham maydalang.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda tovada qizdiring. Bulg‘or qalampiri, piyozni yumshoq bo‘lgunga qadar qovuring, ustiga sarimsoq qo‘shing va yana yarim daqiqa davomida pishiring.
  3. Uning ustiga qiymani qo‘shing va 4-5 daqiqa davomida qovuring. Barcha mahsulotlarni aralashtiring va qiymaning katta bo‘laklarini maydalang. Sho‘rva uchun yog‘li bo‘lmagan qiymani tanlagan ma’qul.
  4. Unga tomat pastasini qo‘shing va bir yarim daqiqadan so‘ng pomidor soling. Yana 3-5 daqiqa davomida pishiring.
  5. Qovurilayotgan mahsulotlarning ustiga suv soling, qaynagandan keyin vermishel qo‘shing. So‘ngra taxminan 5 daqiqa davomida o‘rtacha olovda pishiring.
  6. Sho‘rvaga tuz, quritilgan yalpiz soling va aralashtiring, birozdan keyin sho‘rvani tanovvul qiling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz