Ushbu taom ishtahani ochuvchi ko‘rinishga ega. Uni yanada mazali qilish uchun bulg‘or qalampiri va qo‘ziqorin qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • piyoz — 1 dona
  • sabzi — 1 dona
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq va moylash uchun
  • qiyma — 200-250 gr
  • qaynatilgan guruch — 3-4 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • qovoqcha — 2 dona
  • pishloq — 70-100 gr
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra
  • bulg‘or qalampiri — ta’bga ko‘ra
  • qo‘ziqorin — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Piyozni mayda bo‘laklarga bo‘ling. Sabzini qirg‘ichdan o‘tkazing. Bulg‘or qalampiri va qo‘ziqorinlarni ham maydalab oling.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda tovada qizdirib oling. Maydalangan mahsulotlarni yumshoq bo‘lgunga qadar bir necha daqiqa qovuring.
  3. Qovurilgan qiymani qaynatilgan guruch bilan aralashtiring. Unga tuz va murch qo‘shing.
  4. Qovoqchani o‘rtasidan bo‘lib, halqasimon shaklda kesib oling.
  5. Mahsulotlar pishiriladigan idishni yog‘lang. Unga qovoqchaning bo‘laklarini tering va har bir bo‘lak ustiga guruch, sabzavotlarning qiyma bilan aralashmasini soling.
  6. Qovoqchalarni taxminan 25 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring. Sabzavotlar va qiyma pishishidan 5-10 daqiqa oldin maydalangan pishloq seping.
  7. Taomni dasturxonga tortishdan oldin ko‘katlar bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz