Vaqtida bilan iste’mol qilinmagan pechenyening suvi qochadi, qattiq va mazasiz bo‘lib qoladi. Ammo uni tashlashga shoshilmaslik kerak. Chunki uning yordamida mazali shirinliklar tayyorlash mumkin, deb yozadi “Noviy ochag”.
— Manba: «Daryo» nashri.

Limon va qulupnayli tort

Kerakli mahsulotlar:
- maydalangan pechenye — 2 stakan;
- eritilgan sariyog‘ — 3/4 stakan;
- limonli pechenye — 1,5 paket;
- sut — 1 stakan;
- ko‘pirtirilgan qaymoq — 220 gramm;
- qulupnay — 450 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
- Tort uchun idish tayyorlanadi va sariyog‘ surtiladi.
- Maydalangan pechenye eritilgan sariyog‘ bilan aralashtiriladi. Aralashmani qolipning pastki va yon tomonlariga yoyib, barmoqlar bilan bosiladi.
- Chuqur piyolaga sut quyiladi. Limonli pechenyelar sutga botirilib, qolipdagi maydalangan pechenyelar ustidan bir qator terib chiqiladi.
- Ko‘pirtirilgan qaymoqning yarmi pechenye ustidan bir tekisda yoyib chiqiladi.
- Rezavorlarning yarmi kesilib, krem ustiga joylashtiriladi.
- Ustidan yana sutga botirilgan pechenyelar terib chiqiladi.
- Keyin yana krem va qulupnay qatlami bilan tugatiladi.
- So‘ngra tort 8 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
“Oq kartoshka” torti

Kerakli mahsulotlar:
- pechenye — 400 gramm;
- sariyog‘ — 50 gramm;
- quyultirilgan sut — 100 gramm;
- quruq sut — 200 gramm;
- kakao — 3 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
- Pechenyelar maydalanadi.
- Yog‘ va quyultirilgan sutni silliq bo‘lguncha isitiladi. Oz-ozdan quruq sut qo‘shiladi va aralashtiriladi.
- Sut aralashmasiga pechenye qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
- Aralashmadan dumaloq to‘pchalar yasalib, kakaoga botiriladi.
- Dasturxonga tortishdan avval muzlatkichga birozga qo‘yiladi.
Oq shokoladli malinali chizkeyk

Kerakli mahsulotlar:
- maydalangan pechenye — 1 stakan;
- qaymoqli pishloq — 500 gramm;
- eritilgan oq shokolad — 200 gramm;
- shakar upasi — 1 stakan;
- ko‘pirtirilgan qaymoq — 3 stakan;
- yangi malina — 300 gramm.
Tayyorlanish jarayoni:
- Oldindan tayyorlangan pechenye bo‘laklari qolipning pastki qismiga qo‘yiladi.
- Ustidan ikki choy qoshiq eritilgan shokolad quyiladi. Yangi malinaning bir qismi teng ravishda yoyib chiqiladi. Yana 2-3 osh qoshiq eritilgan shokolad quyiladi.
- Qolip krem pishloqdan tayyorlangan krem bilan to‘ldirilib, yuzasi tekislanadi.
- Tortning yuqori qismi yangi malina va qolgan shokolad bilan bezatiladi.
- Chizkeyk muzlatkichga kamida bir soatga qo‘yiladi.
Yong‘oq pastasidan tayyorlanadigan trayfl

Kerakli mahsulotlar
- pechenye — 40 gramm;
- olma — 30 gramm;
- nok — 40 gramm;
- yong‘oq pastasi — 2 osh qoshiq;
- yong‘oq — 15 gramm;
- apelsin — 5 gramm;
- bezatish uchun yalpiz.
Tayyorlanish jarayoni:
- Olma va nok tozalanib, to‘rtburchak shaklida kesib olinadi. Maydalangan pechenyelar maxsus desert idishiga solinadi.
- Ustidan bir osh qoshiq eritilgan yong‘oq pastasi solinadi.
- Ustidan meva bo‘laklari va pasta solinadi.
- Desert usti yong‘oq va apelsin bilan bezatiladi va kamida 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
Kivi va yogurtli tort

Kerakli mahsulotlar:
- pechenye — 200 gramm;
- sariyog‘ — 40 gramm;
- banan — 2 dona;
- kivi — 4 dona;
- jelatin — 4 osh qoshiq;
- qaynatilgan suv — 0,5 stakan;
- yogurt — 500 ml;
- shakar — 70 gramm;
- limon sharbati — 1 osh qoshiq;
- kivi (bezatish uchun) — 2 dona.
Tayyorlanish jarayoni:
- Maydalangan pechenyelarni yumshoq sariyog‘ bilan silliq bo‘lguncha aralashtiriladi. Qolipning pastki qismiga joylashtirilib, 30 daqiqa davomida muzlatkichga qo‘yiladi.
- Jelatinga yarim stakan iliq suv quyilib, 30 daqiqaga qoldiriladi. Kivi to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralib, idishga solinadi, limon sharbati va shakar qo‘shiladi. 2-3 daqiqa davomida past olovda qizdiriladi va sovitishga qo‘yiladi.
- Tayyor bo‘lgan meva aralashmasiga jelatin va yogurt qo‘shiladi.
- Pechenye muzlatkichdan olinadi va ustiga banan bo‘laklari terib chiqiladi.
- Banan ustidan yogurt aralashmasi quyiladi va muzlatkichga 30-40 daqiqaga qo‘yiladi.
- Dasturxonga tortishdan avval kivi bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!