Qovoqcha, baqlajon, sabzi, pomidor, piyoz va qalampir kabi ko‘plab sabzavotlardan tayyorlanadigan ushbu taom juda foydali va shirin ta’mga ega.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • sabzi — 1 dona
  • piyoz — 1 dona
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 qoshiq
  • qiyma — 300 gramm
  • baqlajon — 1 dona
  • ichimlik suvi — 150 ml
  • qovoqcha — 1-2 dona
  • kartoshka — 2 dona
  • pomidor — 1-2 dona
  • bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • tuz
  • murch
  • sarimsoqpiyoz — 3 bo‘lak

Tayyorlanishi:

  1. Sabzi va piyozni o‘rtasidan kesib to‘g‘rab oling. Tovada o‘simlik yog‘i bilan 5—­­­7 daqiqa qovuring.
  2. Qiymani ham xuddi shu idishga soling va sabzavotlar bilan aralashtirib, 7—8 daqiqa davomida pishiring.
  3.  Kartoshka va baqlajonni ham juda mayda bo‘lmagan shaklda kesib oling va qiymaga  qo‘shib qovuring. Undan so‘ng suv qo‘shib, qopqog‘ini yoping va 5—7 daqiqa qaynatib oling.
  4.  Qovoqni ham kartoshka va baqlajon kabi bo‘laklarga bo‘lib oling. Tovadagi mahsulotlarni aralashtiring va yana 5 daqiqa qaynating.
  5. Pomidor va qalampirni o‘rtacha kattalikdagi  bo‘laklarga bo‘ling. Sabzavotlarni qiyma bilan aralashtirib tuz, qalampir va maydalangan sarimsoqpiyozni qo‘shib aralashtiring.
  6. Sabzavotlar yumshoq bo‘lgunga qadar 15 daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt davomida tovaning og‘zi yopiq holda, past olovda qaynatib pishiring. Vaqti-vaqti bilan ovqatni aralashtirib turing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz