Ushbu pishiriq bir vaqtning o‘zida ikkita shirinlikni o‘zida mujassam etadi: mazali shokoladli brauni va xushbo‘y rezavor mevadan tayyorlanadigan chizkeyk. Uni o‘zingiz yoqtirgan mevalar bilan bezatishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Shirinlikning malinali qismi uchun kerakli masalliqlar:

  • qaymoqli pishloq — 225 g
  • tuxum — 1 dona
  • shakar — 65 g + 1 choy qoshiq vanilin
  • yangi uzilgan yoki muzlatilgan malina — 120 g

Shokoladli qismi uchun kerakli masalliqlar:

  • qora shokolad — 170 g
  • sariyog‘ — 120 g
  • shakar — 110 g
  • tuxum — 2 dona
  • tuxumning sarig’i — 1 dona
  • vanilin — 1 dona
  • tuz — 1 choy qoshiq
  • un — 70 g

Tayyorlanishi:

  1. Pishloqli kremni tuxum, 65 g shakar va vanilin bilan ko‘pirtiring. Malinani 1 osh qoshiq shakar bilan aralashtiring.
  2. Shokoladni maydalab sariyog‘ qo‘shing va ularni mikroto‘lqinli pechda eritib oling.
  3. Shokoladni shakar bilan aralashtiring, xona haroratida sovitib oling. Mikser bilan ko‘pirtirganda navbatma-navbat tuxum va uning sarig‘ini qo‘shing.
  4. Suyuqlik holatiga kelgan mahsulotlarga vanilin, tuz va un qo‘shing, silliq bo‘lguncha aralashtiring.
  5. Mikroto‘lqinli pechni 175 darajada qizdirib oling. Tayyor bo‘lgan suyuqlikni 25×25 sm o‘lchamli kvadrat shaklida pergament qog‘ozlarga quying.
  6. Shokoladli xamirni esa qolipga to‘king, ustiga pishloqli krem massasini qo‘ying va malinani terib chiqing. Pirogni  25-30 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz