Xushbo‘y va mazali oladyi yoz kunlarida inson tanasiga kerakli bo‘lgan vitaminlarga boy sabzavotlardan tayyorlanadi. Siz uni boshqacha retseptlar asosida ham tayyorlashingiz va ta’bingizga qarab bezatishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • qovoqcha—  650 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • sarimsoq — 2 donacha
  • tuxum — 1 dona
  • un — 30 g
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • o‘simlik yog‘i — 2-3 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqchani sal katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Bir choy qoshiq tuz qo‘shib aralashtiring. Qovoqchani 10 daqiqadan keyin siqib oling.
  2. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing. Tuxumni sanchqi bilan chayqab uring. Un, tuz, murchni qovoqchaga qo‘shing va barchasini yaxshilab aralashtirib oling.
  3. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdiring. Masalliqni bir qoshiqdan oling va qizdirilgan idishga ikki tomonidan bosib qovurib oling. Shunda oladyilar qizarib pishadi.
  4. Eslatma: Faqatgina endi pishib boshlagan, urug‘i yo‘q sabzavotlarni tozalamasdan foydalanish mumkin. Qolgan barcha sabzavotlarni urug‘lardan tozalash kerak.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz