Lifehacker nashri tayyorlanishi oddiy, ammo mazasi og‘izda qoladigan naggets retsepti bilan bo‘lishdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • un — 120 gramm;
  • tuxum — 2 ta;
  • suv — 2 osh qoshiq;
  • quritilgan non — 250 gramm;
  • tovuq filesi — 300-350 gramm;
  • o‘simlik yog‘i — 500 ml;
  • tuz va murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Un, tuz va murch bir idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Tuxum suv bilan ko‘pirtiriladi. Quritilgan non alohida idishga solinadi.
  3. Tovuq mayda bo‘laklarga bo‘linadi va unli aralashmaga botiriladi.
  4. So‘ngra, tuxumli aralashma va quritilgan nonga ham botiriladi.
  5. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdirilib, tovuq bo‘laklari har ikki tomondan qizarguncha qovuriladi.
  6. Ortiqcha yog‘dan xalos bo‘lish uchun naggetslar qog‘oz salfetka ustiga terib chiqiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz