
"GAR TOQQA CHIQMASANG..." -"Gar toqqa chiqmasang, qayda "Do‘lona",
Gar zaxmat chekmasang, qayda "Jonona".
Qarangki, "Jonona" - "Do‘lona" uchun,
Qoyaga tirmashdi - sarflab bor kuchin!".

"YEMISH KUTIB..." -“Yemish kutib goho - ko‘z tikib yo‘lga,
Taqdir hukmi bilan - tushamiz qo‘lga!".

"CHETLAB O'TAMIZ ..." -"Qiyinchiliklarni - chetlab o‘tamiz,
Xavf-xatar kelganda - xatlab o‘tamiz!".

"YOLG'IZLIK SARI ..." -"Xech kim majbur bormas - yolg‘izlik sari,
Bunday qismat tomon - borar o‘zlari!".
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF