Ayrim mahsulotlarda kaloriya kam bo‘lishi rost. Ular hazmi yengilligi bilan ham foydali hisoblanadi. “Noviy ochag” nashri ana shunday salat, taom hamda ichimlik retsepti bilan bo‘lishdi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kaloriyasi kam mahsulotlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:
- Selder barglari eng past kaloriyali ko‘kat hisoblanadi.
- Ismaloq nafaqat past kaloriyali, balki kalsiy, magniy, temir, yod va boshqa foydali moddalarga ham boy.
- Bodring 90 foiz suvdan iborat bo‘lib, bu vazn uchun mutlaqo xavfsizdir.
- Greypfruit metabolizmni rag‘batlantiradi, oziq-ovqatning yaxshiroq so‘rilishiga yordam beradi, organizmdan ortiqcha suyuqlikni olib tashlaydi.
- Ko‘k choy tabiiy ravishda shakarsiz ichilsa, davolovchi xususiyatga ega.
- Zanjabil issiqlik ajralishiga yordam beradi, bu energiya sarfini anglatadi.
Bodringli salat retsepti

Kerakli mahsulotlar:
- salat barglari — 200 gramm;
- bodring — 2 dona;
- ko‘k piyoz — 1 dona;
- tuxum sarig‘i, tuz, steviya (shakar o‘rniga);
- limon sharbati — 1 osh qoshiq;
- zaytun moyi — 1/2 choy qoshiq;
Tayyorlanish jarayoni:
- Salat barglari yuviladi va qog‘oz salfetkada quritiladi. Barglarni teng qismga bo‘linadi.
- Yangi yoki tuzlangan bodring parrak shaklida bilan to‘g‘rab olinadi va salat bargiga qo‘shiladi.
- Ko‘kat to‘g‘ralib, hamma narsani aralashtiriladi.
- Tuxum sarig‘i oqidan ajratib olinadi, sarig‘iga 1 paket yoki 1 gramm steviya, tuz, limon sharbati va zaytun moyi qo‘shib aralashtiriladi.
Yoqimli ishtaha!
Qovoqchali karpachcho retsepti

Kerakli mahsulotlar:
- qovoqcha — 2 dona;
- zaytun yog‘i — 1 osh qoshiq;
- limon sharbati — 1 osh qoshiq;
- ukrop va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qovoqchaning po‘sti tozalanadi va ingichka uzun tasma shaklida kesib olinadi.
- Idishga chiroyli tarzda terib chiqiladi.
- Qolgan barcha mahsulotlar bilan aralashtirilib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!
Karamli sho‘rva-pyure retsepti

Kerakli mahsulotlar:
- sabzi —1 dona;
- piyoz — 5 dona;
- qizil bulg‘ori qalampiri — 2 dona;
- pomidor — 2 dona;
- karam, ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Suvni qaynatib olinadi va tozalangan barcha mahsulotlar solinadi.
- Qopqoq bilan yopib, o‘rtacha olovda 10 daqiqa qaynatib olinadi.
- Sabzavotlarni blenderda yaxshilab aralashtiriladi.
- Tayyor bo‘lgan pyurega tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
- Ustiga ko‘katlar sepilib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!
Ratatuy retsepti

- baqlajon — 300 gramm;
- qovoqcha — 300 gramm;
- pomidor 1 — kilo;
- piyoz — 2 dona;
- bulg‘or qalampiri — 2 dona.
- sarimsoq — 3 bo‘lak;
- zaytun moyi — 2 osh qoshiq;
- tuz va ko‘katlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Sabzavotlar yaxshilab yuviladi. Qovoqcha va baqlajonning poyasi kesib olinadi va bulg‘orining urug‘lari olib tashlanadi.
- Pomidorlar ikkita teng qismga bo‘linadi, ularga qaynoq suv quyiladi va tozalanadi.
- Sous uchun piyoz mayda to‘g‘raladi, 1 osh qoshiq zaytun moyida yarim pishgunicha qovuriladi. Bir chimdim tuz qo‘shiladi.
- Tozalangan pomidor, bulg‘or qalampiri mayda to‘g‘ralib, piyozga qo‘shiladi.
- Barcha sabzavotlarni yumshoq bo‘lgunga qadar qovuriladi. Pishishidan biroz avval ozroq suv quyish mumkin.
- Qovoqcha, baqlajon va pomidor bir xil qalinlikdagi parrak shaklida kesiladi.
- Zaytun moyi maydalangan sarimsoq va ziravorlar bilan aralashtiriladi, tuz qo‘shiladi.
- Qolipning pastki qismiga sous quyiladi.
- Sous ustidan parrak shaklidagi sabzavotlar terib chiqiladi.
- Ustidan sarimsoq va ziravorli yog‘ quyiladi.
- Qolip folga bilan yopiladi, 180 daraja haroratda 35 daqiqa davomida pechga qo‘yiladi.
- So‘ngra folga olib tashlanadi va yana 20 daqiqa pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!
Kokos sutili smuzi retsepti

Kerakli mahsulotlar:
- olma — 1 dona;
- selder — 1 dona;
- kivi — 2 dona;
- ismaloq — 50 gramm;
- gazsiz mineral suv — 2 osh qoshiq.
- bodom yoki kokos suti.
Tayyorlanish jarayoni:
- Mevalar tozalanadi va mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
- Barchasi blenderda silliq bo‘lguncha aralashtiriladi.
- Ustidan mineral suv quyilib va silliq bo‘lguncha yana bir necha soniya aralashtiriladi.
- Smuzi muzlatkichda sovitilib, so‘ngra dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!