Ko‘pirtirilgan tuxum oqi ostida qaymoqli krem hamda mevalarning ajoyib uyg‘unlikdagi ta’mini ta’tib ko‘rish mumkin. Lifehacker nashri taqdim etgan mazkur shirinlikni, albatta, tayyorlab ko‘ring.

 — Manba: «Dary nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum oqi — 4 dona;
  • shakar — 200 gramm;
  • makkajo‘xori kraxmali — 1 choy qoshiq;
  • limon sharbati — 1 choy qoshiq;
  • shakar upasi — 4 osh qoshiq;
  • qaymoq —350 ml;
  • malina — 200 gramm;
  • yalpiz — 2-3 dona;
  • pista — bir hovuch.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. 33×23 o‘lchamdagi pishiriq varag‘iga pergament qog‘ozi solinadi va pech avvaldan 160 darajada qizdiriladi.
  2. Tuxum oqi yaxshilab mikserda ko‘pirtiriladi va jarayonning o‘rtasida bir osh qoshiq shakar qo‘shiladi.
  3. Ustidan kraxmal va limon sharbati qo‘shilib, yana aralashtiriladi.
  4. Tuxum oqi pishiriq varag‘iga asta-sekin solinadi. Massa tilla rangga kirgunga qadar 25 daqiqa davomida pishiriladi.
  5. Tayyor bo‘lgach, pechdan olingan beze 5 daqiqaga qoldiriladi.
  6. Pergament qog‘oz bezedan ko‘ra kattaroq shaklda kesib olinadi va ustiga shakar upasi sepiladi.
  7. So‘ngra beze ehtiyotkorlik bilan pergament ustiga aylantirib qo‘yiladi.
  8. Beze pishiriq varag‘idan pergament qog‘oziga olingach, sovitish uchun bir necha daqiqaga qoldiriladi.
  9. Bu vaqtda qaymoq mikser bilan yaxshilab aralashtiriladi. Oxirida shakar upasining qolgan qismi qo‘shiladi.
  10. Ruletning yuzasiga qaymoqli krem surtiladi va ustidan malina terib chiqiladi.
  11. Pergamentning ikki burchagidan ushlab, uning yordamida beze rulet shaklida aylantiriladi.
  12. So‘ngra rulet usti krem, malina, yalpiz barglari hamda yong‘oqlar bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz