Vitaminlarga boy, turli xil sabzavotlar va sosiskadan tayyorlanadigan ushbu taom mazali ta’mga ega. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli masalliqlar:
- piyoz — 2 dona
 - bulg‘or qalampiri — 3 dona
 - sosiska — 420 g
 - zaytun moyi — 1 qoshiq
 - sariyog‘ — 1 qoshiq
 - tuz — ta’bga ko‘ra
 - suv — 120 ml
 - asal — 1 qoshiq
 - maydalangan qizil qalampir — 1 qoshiqning 4 dan 1 qismi
 - murch — ta’bga ko’ra
 - pomidor — o‘z qaylasida aralashtirilganidan 450 g
 - ko‘k piyoz — 3-4 bog‘
 
Tayyorlanishi:
- Piyozni tozalang va mayda qilib to‘g‘rang. Bulg‘or qalampirini dumaloq shaklda kesib oling. Sosiskalarni ham dumaloq shakli bo‘yicha bo‘laklarga ajrating. Taom yorqinroq ko‘rinishi uchun turli rangdagi bulg‘ori qalampiridan foydalaning.
 - Zaytun moyi va sariyog‘ni tovada qizdirib oling. Sabzavotlar, sosiskani soling va unga tuz qo‘shib vaqti-vaqti bilan aralashtiring, masalliqlarni 20 daqiqa davomida past olovda qovuring.
 - Sabzavotlar yumshaganda suv quying, keyin asal, maydalangan qizil qalampir, murch, qaylasi bilan aralashtirilgan pomidor soling va yaxshilab aralashtiring.
 - Issiqlikni eng past darajaga tushiring va 10-15 daqiqa masalliqlarni pishiring. Tayyor bo‘lgan raguning ustiga ko‘k piyozni seping va qaynatilgan guruch yoki boshqa garnir bilan iste’mol qiling.
 
Yoqimli ishtaha!
