Mevalarning ajoyib kombinatsiyasi maydalangan dolchin va asal bilan aralashganda mukammal, yoqimli ta’mni hosil qiladi. Yogurt qo‘shilganda ichimlik suyuqroq ko‘rinishga keladi va foydali bo‘ladi. Uni o‘zingiz yoqtirgan mevalar bilan bezatishingiz mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli masalliqlar:
- qovun — 200-250 g
- banan — 2 dona
- tabiiy yogurt — 150 ml
- asal — 1 qoshiq
- maydalangan dolchin — 1 chimdim
Tayyorlanishi:
- Qovun va bananlarni bo‘laklarga bo‘ling.
- Barcha mahsulotlarni bir idishga soling va blenderda aralashtiring.
Yoqimli ishtaha!
