Xamir o‘rniga baqlajon, pomidorli qayla, qiyma, rikotta, motsarella pishlog‘idan tayyorlanadigan ushbu taom mazali va foydali taomlardan biri hisoblanadi. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • baqlajon — 2 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • mol go‘shti qiymasi — 900 gr
  • o‘simlik yog‘i — 2-3 qoshiq
  • pomidor ezib tayyorlangan qayla  — 800 gr
  • suv — 120 ml
  • quritilgan sarimsoqpiyoz — ta’bga ko‘ra 
  • rikotta — 400-450 gr
  • tuxum — 2 dona
  • pishloq (motsarella) — 200-250 gr

Tayyorlanishi:

  1. Baqlajonlarni 6 mm qalinlikda dumaloq shaklda kesib oling, unga tuz soling va shu holatda 30 daqiqa tursin.
  2. O‘simlik yog‘ini tovada qizdiring va qiymani solib qizarguncha qovurib oling.
  3. Qovurilayotgan qiymaga pomidor qaylasi, quritilgan sarimsoqpiyoz, tuz, suv qo‘shing, 8-10 daqiqa davomida pishiring.
  4. Baqlajonni yuving va qog‘oz sochiq bilan quriting. Uni zarli qandolat qog‘oziga qo‘ying.
  5. Baqlajonlarni ichi chuqurroq idishga soling, 200 daraja haroratda qizigan pechga 20 daqiqaga qo‘ying va har tomoni pishguncha o‘rnini almashtirib turing.
  6. Uning ustiga tuxum chaqing.
  7. Shundan keyin qiymali aralashmani soling va ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq solib chiqing.
  8. Idishning hajmi 33×22 sm bo‘lsa yanada yaxshi. Uning ustini zarli qandolat qog‘ozi bilan yoping va 180 daraja haroratda qizigan pechga 30-35 daqiqa pishiring.
  9. Taomning ustidagi zarli qandolat qog‘ozini 15 daqiqadan keyin olib tashlang.
  10. Taom tayyor bo‘lganidan 10 daqiqa o‘tib uni kesing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz