Agar mazali, ammo tez tayyor bo‘ladigan taom xohlasangiz, tovada pishiriladigan pitssa kechki ovqat uchun eng zo‘r variant bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Legion Media

Kerakli mahsulotlar:

  • smetana — 4 osh qoshiq
  • zaytun mayonezi — 4 osh qoshiq.
  • un — 9 osh qoshiq
  • tuxum — 2 dona.
  • pishloq — 100 gr.

Tayyorlash jarayoni:

  1. Smetana, tuxum va unni aralashtiring. Tovada pishiriladigan pitssa xamiri smetana kabi suyuq bo‘lishi kerak.
  2. Tovani yog‘lang va xamirni quying, idishning butun maydoniga teng ravishda taqsimlang.
  3. Nachinka yaxshi pishishi uchun maydalab to‘g‘rang. Uni xamir ustiga qo‘ying.
  4. Mayonezni nachinka ustidan quyib, keyin qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni qalin qilib seping.
  5. Tova qopqog‘ini yopib, o‘rtacha olovga bir necha daqiqaga qo‘ying. Pitssa pishlog‘i eritganda tayyor bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!