Kokosli kekslarni tayyorlash juda oson. Shunchaki barcha masalliq aralashtiriladi va pechga pishirish uchun qo‘yiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • o‘simlik yog‘i — 60 ml;
  • un — 250 gramm;
  • shakar — 200 gramm;
  • qabartma — 2 choy qoshiq;
  • tuz — 1 choy qoshiq;
  • sut — 180 ml;
  • tuxum — 2 dona;
  • vanil — 1 choy qoshiq;
  • kokos qirindisi — 100 gramm va sepish uchun.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech 190 darajada oldindan qizdiriladi. 12-15 ta keks qolipi yog‘lanadi.
  2. Un elakdan o‘tkazilib, shakar, qabartma va tuz bilan aralashtiriladi.
  3. So‘ngra sut, tuxum, sariyog‘ va vanil solinadi.
  4. Xamir silliq bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Oxirida kokos qirindisi qo‘shiladi.
  5. Qolipning 3/4 qismi xamir bilan to‘ldiriladi. 15-20 daqiqaga pechga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz