Lifehacker nashri taqdim etgan navbatdagi retsept juda ajoyib: qo‘ziqorin, qaymoqli sous, pishloq va tovuq filesi bilan uyg‘unlikdagi yangi ta’mdan bahramand bo‘ling.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 600 gramm;
  • qo‘ziqorin — 500 gramm;
  • piyoz — 1-2 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • un — 2 osh qoshiq;
  • sariyog‘ — 80 gramm;
  • qaymoq — 500 ml;
  • pishloq — 250-300 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq go‘shti tuzli suvda taxminan 20-30 daqiqa qaynatib olinadi. So‘ngra kichik bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Qo‘ziqorinlar mayda, piyoz esa parrak qilib to‘g‘raladi.
  3. O‘simlik yog‘i tovada qizdirilib, piyoz 3-4 daqiqa davomida qizartirmasdan qovuriladi.
  4. Ustidan qo‘ziqorin qo‘shiladi va 5-7 daqiqa davomida pishiriladi.
  5. Tuz va ziravorlar qo‘shilib, aralashtiriladi.
  6. Tovada un alohida qovuriladi va sariyog‘ bilan aralashtiriladi. Ustidan qaymoq qo‘shiladi va quyuqlashguncha 5-7 daqiqa davomida pishiriladi. Yana biroz tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
  7. Tovuq filesi, qo‘ziqorin va piyoz qolipga solib, aralashtiriladi. Ustidan qaymoqli sous quyiladi va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.
  8. Taxminan 20-25 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz