“Segodnya” nashri taqdim etgan yangi retseptga ko‘ra, ushbu ruletni murabbo yoki shokoladli nachinka bilan ham tayyorlash mumkin. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Segodnya”

Kerakli mahsulotlar:

  • quyultirilgan sut — 380 ml;
  • tuxum — 2 dona;
  • un — 150 gramm;
  • iste’mol sodasi — 1/2 choy qoshiq;
  • tuz, murabbo.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Quyultirilgan sut, tuz va tuxum yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Ustidan elangan un va iste’mol sodasi qo‘shiladi.
  3. Yaxshilab ko‘pirtirilib, suyuq xamir hosil qilinadi.
  4. Pishiriq qolipiga pergament qog‘oz solinadi.
  5. Sariyog‘ bilan yog‘lanib, suyuq xamir bir tekisda quyiladi va yuzasi silliqlanadi.
  6. 180 darajada qizdirilgan pechda 8 daqiqa davomida pishiriladi.
  7. Sochiq ustiga pishgan xamir ag‘dariladi va pergament qog‘oz olinib, sochiq xamir bilan birgalikda rulet shaklida o‘raladi.
  8. Birozdan so‘ng sochiq olinib, murabbo surtiladi va yana rulet holiga keltiriladi.
  9. Rulet yuzasini ta’bga ko‘ra, shakar upasi yoki mevalar bilan bezash mumkin.

Yoqiml ishtaha!

От qwert.uz