Tuxum va ko‘katlar qo‘shib tayyorlanadigan yegulik ro‘zadorlarni kun davomida to‘q tutadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • krab tayoqchalari — 80 gramm;
  • tuxum — 4 dona;
  • sut — 3 osh qoshiq;
  • o‘simlik moyi — 1-2 osh qoshiq;
  • ko‘kat, tuz va qalampir.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Krab tayoqchalari va ko‘kat mayda to‘g‘raladi.
  2. Tuxum sut, tuz va qalampir bilan aralashtiriladi.
  3. Tovaga yog‘ quyilib, biroz qizdiriladi. Krab tayoqchalari solib, qovuriladi.
  4. Ustidan tuxumli aralashma solinadi, tovaning qopqog‘i yopiladi va 5-7 daqiqaga qoldiriladi.
  5. Omletning tag qismi qizarib pishgach, ko‘katlar sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz