Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu taom ham mazali, ham foydali.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • mol jigari — 700-800 gramm;
  • piyoz — 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
  • sariyog‘ — 1 osh qoshiq;
  • smetana — 300 ml;
  • un — 2 osh qoshiq;
  • suv — 100 ml;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Jigar to‘rtburchak, piyoz esa parrak qilib to‘g‘raladi.
  2. O‘simlik yog‘i o‘rtacha olovda qizdiriladi. Jigar bir necha daqiqa davomida qovuriladi.
  3. Alohida tovada sariyog‘ eritilib, piyoz qizargunga qadar qovuriladi.
  4. Smetana un va suv bilan aralashtiriladi.
  5. So‘ngra piyoz, jigar va smetanali aralashma bir idishga solinadi va 10 daqiqa davomida qaynatiladi.
  6. Taom pishishidan avval tuz va ziravorlar qo‘shiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz