Ajoyib ta’mga ega nachinkali kotletlarni tayyorlab ko‘rishingizni tavsiya etamiz.

 — Manba: «Dary nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qo‘ziqorin – 250-300 gramm;
  • piyoz – 2 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 3-4 osh qoshiq;
  • pishloq – 60-80 gramm;
  • tovuq filesi – 600-700 gramm;
  •  tuxum – 1 dona;
  •  quritilgan non – 100 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qo‘ziqorin va piyozning biri kichik bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Qo‘ziqorinlar bir necha daqiqa davomida tovada qovuriladi.
  3. Bir osh qoshiq yog‘ va piyoz solinadi. Yana 4-5 daqiqa davomida pishiriladi. Ustidan tuz va ziravorlar solinadi. So‘ngra ularga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq solinib, aralashtiriladi.
  4. Tovuq filesi va ikkinchi piyoz o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi. Tuxum bilan birgalikda blenderda maydalanadi. Tuz va ziravorlar, bir osh qoshiq quritilgan non solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
  5. Massadan bir qism olinib, ichiga qo‘ziqorinli nachinka solinadi va dumaloq shaklga keltiriladi. Quritilgan nonga botiriladi. Aralashmaning qolgan qismi ham shu tarzda tayyorlanadi.
  6. Quritilgan non o‘rniga undan ham foydalanish mumkin.
  7. O‘rtacha olovda qizdirilgan yog‘da kotletlar ikki tomoni qizarguncha qovurilib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz