Parhez tutadiganlar uchun kartoshkali ispancha tortilya ayni muddao. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

Foto: “Domashniy ochag”
  • tuxum – 2 dona;
  • kartoshka – 5 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • chedder pishlog‘i – 20 gramm;
  • zaytun moyi – 50 ml;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

Piyoz yarim halqa shaklida to‘g‘raladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Piyoz qizdirilgan zaytun moyida qizarguncha qovuriladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Kartoshka qirg‘ichdan o‘tkaziladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Yana alohida tovaga zaytun moyi quyilib, unda kartoshka qovuriladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Tuxum alohida idishda ko‘pirtirib olinadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Piyoz va kartoshka alohida idishda sovutiladi. Kartoshkaning bir qismi tuxum bilan aralashtiriladi. Ustidan piyoz va bir chimdim tuz solinadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Tovaga dastlab kartoshkaning bir qismi solinadi. Ustidan tuxumli aralashma va pishloq, so‘ngra yana tuxumli aralashma quyiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Uch daqiqa davomida dimlab pishiriladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Ikki tomoni qizarguncha pishiriladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz