Bor-yo‘g‘i 20 daqiqada tayyor bo‘ladigan takrorlanmas ta’mga ega brauni desert uchun ajoyib tanlov.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • sariyog‘ – 150 gramm;
  • shokolad – 75 gramm;
  • shakar – 200 gramm;
  • vanil – 1 choy qoshiq;
  • kakao – 65 gramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • un – 50 gramm;
  • tuz – bir chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. O‘rtacha kattalikdagi to‘rtburchak qolip sariyog‘ bilan yog‘lanadi.
  2. Shokolad mayda to‘g‘raladi yoki qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  3. Sariyog‘ mikroto‘lqinli pechda 25-30 soniya davomida eritiladi. Biroz sovitishga qo‘yiladi.
  4. Ustidan tuz, shakar, vanil va kakao solinadi. Mikser bilan yaxshilab aralashtiriladi.
  5. So‘ngra birin-ketin tuxum va oxirida shokolad qo‘shib, aralashtiriladi.
  6. Tayyor bo‘lgan xamir qolipga quyiladi va eng yuqori darajada 4-5 daqiqa davomida pishiriladi.
  7. Shirinlik sovitilgach, bo‘laklarga bo‘linib, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz