Rukkola vitaminlarga (E, B, C, A, K) va minerallarga (sink, magniy, selen, natriy, mis, fosfor, marganets va temir) boy, avitaminoz paytida ayniqsa foydali. 100 gramm rukkola tarkibida atigi 25 kilokaloriya mavjud bo‘lib, bu salatni ajoyib parhez mahsulotiga aylantiradi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Rukkola oshqozon-ichak trakti kasalliklari bo‘lgan odamlar uchun ham tavsiya etiladi, chunki u ovqat hazm qilish, metabolizmni yaxshilashga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u doimo shamollashdan aziyat chekadiganlarning ratsioniga kiritilishi kerak: rukkola barglari virus va bakteriyalar bilan kurashishga yordam beradi, immunitetni oshiradi. Rukkoladan tayyorlanadigan quyidagi salatlar qon bosimini, qondagi qand miqdorini va suv-tuz metabolizmini normallashtirishga yordam beradi.

Rukkola yaprog‘i va ildizi qo‘shilgan salat

Foto: Marie Claire

Kerakli masalliqlar:

  • rukkola yaprog‘i va ildizi — har biri 70 grammdan
  • lavlagi, sabzi, qovoq — har biri 200 grammdan
  • yong‘oq — 50 gramm
  • feta pishloq — 100 gramm
  • pesto sousi — 3 osh qoshiq
  • zaytun moyi, tuz, qalampir

Tayyorlanish jarayoni:

Lavlagi va qovoqni to‘g‘rab oling, sabzini doira shaklida kesing. Sabzavotlarni pergament solingan gaz patnisiga solib, zaytun moyi bilan quying. Keyin tuz va qalampir seping va 190 darajaga oldindan qizdirilgan pechda 20-30 daqiqa davomida pishiring. Salat solinadigan idishga rukkolani, ustidan pishirilgan sabzavotlarni (bir oz sovitib), soling. Keyin pesto sousi, to‘g‘ralgan feta pishlog‘i va maydalangan yong‘oqni ham qo‘shing.

Rukkola va qisqichbaqali salat

Foto: Marie Claire

Kerakli masalliqlar:

  • rukkola — 70 g
  • qisqichbaqalar — 300 g
  • cherri pomidorlari — 70 g
  • parmezan — 40 g
  • qarag‘ay yong‘oqlari — 30 g
  • zaytun moyi, balzamli sirka

Tayyorlanish jarayoni:

Qisqichbaqalarni tozala, o‘simlik yog‘ida qovuring. Pomidorlarni teng yarmidan bo‘ling. Pishloqni ingichka bo‘laklang. Avval rukkola, yarimta pomidor, keyin qisqichbaqa va pishloq bo‘laklarini qo‘ying. Zaytun moyi va balzamli sirka qo‘shing. Ustini qarag‘ay yong‘oqlari bilan bezang.

Rukkola va baliqli salat

Foto: Marie Claire

Kerakli masalliqlar:

  • konservalangan tunets — 400 g
  • rukkola — 80 g
  • cherri pomidorlari — 200 g
  • tuxum — 4 ta tovuq yoki 8 ta bedana
  • yarim bosh piyoz
  • balzamli sirka
  • zaytun moyi

Tayyorlanish jarayoni:

Tuxumni qaynatib oling — tovuq tuxumini doira shaklida kesing, bedananikini yarim bo‘lakka bo‘ling. Pomidorlarni ham. Piyoz yarim halqa shaklida to‘g‘raladi. Idishga hamma mahsulotlarni, rukkola, zaytun moyi va balzamli sirka solib aralashtiring. Tunetsni maydalab, uni ham idishga soling va astalik bilan katta qoshiqda aralashtiring.

Rukkola, pomidor va pishloqli salat

Foto: Marie Claire

Kerakli masalliqlar:

  • cherri pomidorlari — 100 g
  • motsarella pishlog‘i — 300 g
  • rukkola — 100 g
  • balzamli sirka
  • zaytun moyi

Tayyorlanish jarayoni:

Motsarellani to‘g‘rab, pomidorlarni yarim bo‘lakka bo‘ling. Idishga rukkola, motsarella va pomidorni soling. Zaytun moyi va balzam qo‘shib aralashtiring.

От qwert.uz