Chudu — dog‘istoncha yumshoq non bo‘lib, nachinkasiga go‘sht qo‘shiladi. Ushbu mazali yegulikni tayyorlab ko‘rishni tavsiya etamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • un – 400 gramm;
  • suv – 250 ml;
  • piyoz – 3-4 dona;
  • qiyma – 500 gramm;
  • sariyog‘ – 50 gramm;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Un elakdan o‘tkaziladi. Bir choy qoshiq tuz va 200 ml suv aralashtiriladi. Un solib, yumshoq xamir qoriladi.
  2. Xamir 20-25 daqiqaga qoldiriladi.
  3. Piyoz mayda to‘g‘raladi, go‘sht, 50 ml suv, tuz va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
  4. Xamir 12-15 qismga teng bo‘linadi. Har bir 25-35 diametrli aylana shaklida yoyiladi.
  5. Xamirning o‘rtasidan yarim qismiga nachinka solinib, teng yarmi ustiga yopiladi va chet qismi chimchilab, pichoq yordamida to‘lqinli qilib kesib chiqiladi.
  6. Qolgan chudular ham xuddi shu tarzda tayyorlanadi.
  7. Ular quruq qizdirilgan tovada har tomoni 2-3 daqiqa davomida pishiriladi. So‘ngra ustiga sariyog‘ surtiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz