O‘ziga xos ko‘rinishga ega quymoq qopchalar har qanday dasturxonga ko‘rk bag‘ishlaydi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum – 2 dona;
  • sut – 400 ml;
  • shakar – 1 choy qoshiq;
  • un – 170 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • tovuq filesi – 300 gramm;
  • qo‘ziqorin – 300 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • qaymoq – 80 ml;
  • ko‘k piyoz, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum sut, shakar va tuz bilan ko‘pirtiriladi.
  2. Tova qizdiriladi va biroz yog‘ quyiladi.
  3. Quymoqlar ikki tomoni qizargunga qadar pishiriladi.
  4. Tovuq, piyoz va qo‘ziqorin mayda to‘g‘raladi.
  5. O‘rtacha olovda qizigan yog‘da piyoz 3-4 daqiqa davomida qovuriladi. Ustidan file solinadi. Qo‘ziqorin qo‘shilgach, tuz va ziravorlar sepiladi.
  6. Qaymoq qo‘shib, yana bir necha daqiqa pishiriladi.
  7. Quymoqning markaziga taxminan bir osh qoshiqdan nachinka solinadi va tozalangan ko‘k piyoz yordamida qopcha bog‘lanadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz