Tovuq filesi, sarimsoqli mayonez, ko‘katlar hamda lavash — ishtahani ochuvchi barcha mahsulotlar ushbu yegulikda mujassam.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi – 350-450 gramm;
  • sarimsoq – 3-4 bo‘lak;
  • lavash xamiri – 1 dona;
  • mayonez, ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi 20-25 daqiqa qaynatib olinadi va mayda bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Sarimsoq va ko‘kat mayda to‘g‘raladi. Tuz va ziravorlar bilan birgalikda filega sepiladi.
  3. Lavash xamiri yoyilib, yuzasiga mayonez surtiladi. Fileli nachinka xamir ustiga solinadi.
  4. Xamir rulet shaklida o‘raladi va 2-3 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  5. Dasturxonga tortishdan avval kichik qismlarga bo‘linadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz