Mazkur retsept yordamida qarsildoq kartoshka fri tayyorlab, oila a’zolaringizni xushnud qiling.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Getty Images

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka —7-8 ta;
  • o‘simlik yog‘i;
  • tuz;
  • shakar kukuni.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tozalangan kartoshkalarni qalinligi 6-7 mm bo‘lgan plastinkalarga bo‘linadi. Keyin bir xil qalinlikda somoncha shaklida kesiladi. Bir xil kesishga harakat qiling. Yupqa bo‘laklar tez pishib, kuyishi mumkin.
  2. To‘g‘ralgan kartoshkalarni shakar va tuz aralashtirilgan suvga soling. Kartoshkadagi kraxmalni yuvish muhim ahamiyatga ega: qovurayotganda bir-biriga yopishib qolmaydi.
  3. Idishdagi kartoshkalarni qog‘oz salfetka ustiga oling va sochiq bilan quriting. Qovurayotganda yog‘ sachramasligini uchun yaxshilab quritish kerak.
  4. Tovaga o‘simlik yog‘i quying. Yog‘ yaxshilab qizigach, kartoshkalarni siyrak qilib soling.
  5. Rafinadlangan kungaboqar yoki zaytun moyidan foydalaning. Qayta ishlanmagan yog‘ ovqat ta’mini buzadi.
  6. Qovurish jarayonida tayoqchalarni kapgir bilan aylantiring. Bir tekisda qizarishi uchun 5-7 daqiqa qovuring.
  7. Ortiqcha yog‘ni olib tashlash uchun tayyor gazakni qog‘oz salfetka ustiga qo‘ying.
  8. Issiqligida tuz seping, ketchup bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz