Tuxum, kefir va karam qo‘shilgan mazali zapekankadan tatib ko‘ring.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Segodnya.ru”
Foto: “Segodnya.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • karam – 500 gramm;
  • sabzi – 1 dona;
  • tuxum – 3 dona;
  • kefir – 130 ml;
  • un – 50 gramm;
  • kraxmal, qabartma – 0,5 choy qoshiq;
  • pishloq – 100 gramm;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Karam mayda to‘g‘raladi va tuz bilan aralashtiriladi. Ko‘k piyoz va sabzi ham mayda to‘g‘raladi.
  2. Tuxum, kefir va ziravorlar aralashtiriladi. Kraxmal va qabartma ham massaga qo‘shiladi.
  3. Karam piyoz va sabzi bilan aralashtiriladi.
  4. Qolipga yog‘ surtiladi va un sepiladi. Sabzavotlar solinadi va ustidan tuxumli aralashma quyiladi.
  5. 190 daraja pechda 30 daqiqa davomida pishiriladi.
  6. Tayyor bo‘lishidan 5 daqiqa oldin qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz