Odatiy, ammo hamisha sevib iste’mol qilinadigan makaronli taomni birgalikda tayyorlaymiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • makaron – 400 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 3 osh qoshiq;
  • piyoz – 2 dona;
  • sarimsoq – 2 bo‘lak;
  • sabzi – 2 dona;
  • mol go‘shti tushyonkasi– 300-350 gramm;
  • tuz va ziravorlar, chili qalampiri.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Bir osh qoshiq yog‘ solib, sho‘r suvda makaron qaynatib olinadi.
  2. Yog‘ning qolgan qismi tovaga quyiladi.
  3. Piyoz yarim halqa shaklida to‘g‘rab, sarimsoq qo‘shiladi.
  4. Sabzi ham mayda to‘g‘raladi va sabzavotlarga qo‘shib, yog‘da qovuriladi.
  5. Chili mayda to‘g‘ralib, tovaga solinadi va ustidan turli xil ziravorlar sepiladi.
  6. Tushyonka ham tovaga solinadi v sabzavotlar bilan aralashtirilib, 5 daqiqa qaynatib olinadi.
  7. Makaron pishgach, suvi to‘kiladi va tovaga solib, yaxshilab aralashtiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz