Ozishga tayyorlanib, kaloriya hisob-kitobini qilayotganlar uchun mazali, tez va oson tayyor bo‘ladigan shirinlik retsepti.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Elle

Kerakli mahsulotlar:

  • banan — 2 dona;
  • kivi — 3-4 dona;
  • jelatin — 15 gramm;
  • sovuq suv — 50 ml;
  • kokos qirindisi — 1 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Banan va kivilar tozalanadi. Jelatin solib, silliq bo‘lgunga qadar blenderda aralashtiriladi.
  2. Tayyor pyure alohida idishga solinadi va qaynatishga qo‘yiladi. Qaynab chiqqach ikki daqiqadan so‘ng olov o‘chiriladi.
  3. Sovutilgan aralashma plyonka solingan to‘rtburchak qoliplarga solinadi.
  4. Muzlatkichda bir kechaga qoldiriladi. Tongda muzlatilgan marmeladlar kichik to‘rtburchak shaklda kesib olinadi va ustidan kokos qirindisi sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz