Ananasning nordon ta’mi salatga o‘zgacha maza beradi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- tuxum – 2-3 dona;
- kolbasa – 200-300 gramm;
- bulg‘ori qalampiri – 1 dona;
- konservalangan ananas – 200-250 gramm;
- ko‘kat, mayonez, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Dastlab tuxum qaynatib olinadi.
- Kolbasa, bulg‘ori qalampiri, tuxum va ananas bir xil kattalikda to‘rtburchak shaklida to‘g‘raladi.
- Mahsulotlar idishga solinadi va tuz, ziravorlar sepiladi.
- So‘ngra ko‘kat va mayonez qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
Yoqimli ishtaha!