Qishning sovuq kunlarida ayni muddao bo‘lgan mazali taom retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 2 dona;
  • sariyog‘ — 1 osh qoshiq;
  • kartoshka — 5-7 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • soya sousi — 1 osh qoshiq;
  • suv — 1-1,5 l;
  • suyuq pishloq — 300 g;
  • qattiq pishloq — 200 g;
  • ko‘katlar;
  • qotgan non;
  • ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Kartoshka va piyozni to‘g‘rang, sabzini qirg‘ichdan chiqaring.
  2. O‘simlik yog‘i va sariyog‘ solingan qozonga piyoz, keyinroq sabzi solib qovuring.
  3. Soya sousi qo‘shib aralashtiring,
  4. Qozonga suv, keyin esa kartoshka solib qaynating.
  5. Blender bilan aralashtiring.
  6. Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni qozonga soling.
  7. Suyuq pishloq qo‘shib, blenderda aralashtiring.
  8. Ko‘katlar solib bezang va qotgan non qo‘shib dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz