To‘yimli mahsulotlar qo‘shib tayyorlanadigan ushbu salatni ovqat o‘rniga ham iste’mol qilsangiz bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti — 250-300 g;
  • lavlagi — 1-2 dona;
  • kartoshka — 3 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • tuxum — 3 dona;
  • tuz, murch;
  • mayonez;
  • anor donachalari — 1-2 qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni

  • Qaynatilgan mol go‘shtini bo‘laklarga bo‘ling.
  • Qaynatib pishirilgan lavlagi, kartoshka va sabzini alohida qirg‘ichdan chiqaring.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan kartoshkaga tuxumning oqini qo‘shing, mayonez, tuz va murch qo‘shing.
  • Idishga birinchi go‘shtni bir qavat qilib soling.
  • Keyin tuxum oqi aralashtirilgan kartoshka qo‘shing.
  • So‘ngra lavlagi va sabzi soling.
  • Ustidan mayonez qo‘shing.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan tuxum sarig‘i soling.
  • Maydalangan ko‘katlar va anor donachalari bilan bezang.
  • 2-3 soat muzlatkichda turgandan keyin dasturxonga tortsangiz bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz