Taomni guruch yoki kartoshkali garnir bilan darsturxonga tortish mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • apelsin – 1 dona;
  • suv – 60 ml;
  • makkajo‘xori kraxmali – 1 osh qoshiq;
  • soya sousi – 1 osh qoshiq;
  • mol go‘shti – 250-300 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • sarimsoq – 1-2 bo‘lak;
  • bulg‘ori qalampiri – 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i – 1-2 osh qoshiq;
  • qizil qalampir kukuni, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Apelsin sharbati siqib olinadi va suv, kraxmal, soya sousi va qizil qalampir kukuni bilan aralashtiriladi.
  2. Mol go‘shti, bulg‘or qalampiri somoncha, piyoz esa dumaloq to‘g‘raladi. Sarimsoq maydalanadi.
  3. Tovada yog‘ni o‘rtacha haroratda qizdirib, mo‘l go‘shti 3-4 daqiqa davomida qovuriladi va alohida idishga olinib, folga qog‘oz bilan o‘raladi.
  4. So‘ngra sarimsoq, piyoz va bulg‘ori qo‘shiladi va 2-3 daqiqa qovuriladi.
  5. Sousli aralashma ustidan quyilib, 2-3 daqiqa davomida olovda qoldiriladi.
  6. Ustidan mol go‘shti qayta solinib, 2-3 daqiqa qovuriladi.
  7. Taom tayyor bo‘lgach, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz