To‘yimli pirojkilar nonushta va tushlik dasturxoni uchun ayni muddao.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • un — 420 g;
  • tuz;
  • shakar;
  • razrixlitel;
  • smetana — 200;
  • tuxum — 1 dona;
  • sariyog‘ — 100 g;
  • kartoshka — 700 g;
  • tovuq filesi — 500 g;
  • piyoz — 1-2 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1-2 dona;
  • murch, zira — 0,5 choy qoshiq;
  • maydalangan qizil murch — 0, 5 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni

  • Unga tuz, shakar, razrixlitel qo‘shing.
  • Smetanaga tuxum qo‘shib aralashtiring.
  • Erigan sariyog‘ni unga qo‘shing.
  • Smetani aralashmani solib aralashtiring.
  • Sharcha holiga keltirib, plyonka bilan o‘rang.
  • 40-45 daqiqa sovitkichda tursin.
  • Kartoshka, tovuq go‘shti va piyozni mayda “kubik” shaklida to‘g‘rang.
  • O‘simlik yog‘i, ziravorlar, tuz qo‘shib aralashtiring.
  • Xamirni 12-15 bo‘lakka bo‘ling. Ularni har birini yana ikkiga bo‘lib chiqing: biri ikkinchisidan kattaroq bo‘lsin.
  • Kattaroq bo‘lakni ingichka qilib yoying, ichiga 3 osh qoshiq “nachinka” soling.
  • Chetlarini burab chiqing.
  • Kichkina xamirni ham ingichka yoyib, “nachinka”ni ustini yoping (burmani ichiga kirib tursin).
  • 180 daraja qizigan pechda 40-50 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz