Mikroto‘lqinli pechda pishirish mumkin bo‘lgan mazali shirinlik retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire
Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • qora shokolad — 75 g;
  • sariyog‘ — 50 g;
  • shakar kukuni — 50 g;
  • un — 50 g;
  • tuxum — 1 dona;
  • olcha — 50 g (muzlatilganidan foydalansa ham bo‘ladi);
  • razrixlitel — 0,5 choy qoshiq;
  • konservalangan olcha sharbati — 2 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni

  • Shokolad va sariyog‘ni bir-biridan alohida eritib oling.
  • Shokoladga tuxum va shakar kukuni qo‘shing.
  • Un, razrixlitel, olcha va olcha sharbati qo‘shib aralashtiring.
  • Ikkita krujkani olib chetlariga sariyog‘ surting.
  • Aralashmani yarimdan ko‘proq qilib solib, ustini yoping.
  • Ustidan qandolat plyonkasi bilan o‘rab, 2 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
  • Plyonkani olib yana 30 soniyaga qo‘ying.
  • Aralashma ko‘tarilishi kerak.
  • Ustini oq shokolad yoki mevalar bilan bezasangiz bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz